O'zDSMI xabarlari

ISSN 2181-8932

Jurnal O'zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/6-sonli qarori bilan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan. ISSN 2181-8932.

O'zDSMI xabarlari

Jurnal faoliyati va maqsadi

«O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti xabarlari» — O'zbekiston Respublikasi OAK ro'yxatiga kiritilgan ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnal (ISSN 2181-8932). Nashr mamlakatda madaniyat va san'at sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yutuqlarini targ'ib etishga xizmat qiladi.

Jurnalda teatr va kino, musiqa san'ati, san'at tarixi, falsafa va nomoddiy madaniy meros, pedagogika hamda psixologiya yo'nalishlariga oid, aniq o'rganilgan va ishonchli manbalarga asoslangan ilmiy maqolalar chop etiladi.

Jurnalning asosiy maqsadi — ilm-fanni qo'llab-quvvatlash siyosatini targ'ib qilish, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari natijalarini nashr etish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish va yuksak ma'naviyatni shakllantirishdan iborat.

Ta'sischi: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Tillar: O'zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz

Nashr shakli: An'anaviy (bosma)

Yo'nalishlar: San'atshunoslik, filologiya, tarix, falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik

Jurnal madaniyat va san'at sohalaridagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini targ'ib etish, yangi ilmiy-nazariy va kontseptual qarashlarni bayon etish hamda soha mutaxassislari muloqotini tashkil etishga xizmat qiladi.

Mualliflar uchun asosiy talablar

Jurnalga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo'yiladigan talablar jahon andozalari hamda O'zbekistondagi doktorlik (PhD va DSc) tadqiqotlari tizimi andozalaridan kelib chiqadi. Maqola mavzusi jurnal ruknlariga mos kelishi shart.

1. Matn hajmi

Maqolaning maksimal hajmi — 8 bet. Foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 5–10 ta manbadan iborat bo'lishi lozim.

2. Tuzilishi

Muallif ma'lumoti, mavzu (Title), annotatsiya (Abstract), kalit so'zlar, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.

3. Til talabi

Maqolalar o'zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. O'zbek tilidagi o', g', q, h harflari matnda to'liq yozilishi shart.

4. Format

«Times New Roman», 14 shrift, 1.5 interval. Sahifa chetlari: chap 3 sm, yuqori va quyi 2 sm, o'ng 1.5 sm; abzas 1.25 sm.

  1. Barcha maqolalar «Antiplagiat» tizimida tekshiriladi.
  2. Annotatsiya 6 qatordan oshmasligi, kalit so'zlar 8–10 tadan iborat bo'lishi lozim.
  3. Ekspert xulosasiga ko'ra talabga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi; tahririyat texnik tahrir huquqiga ega.
  4. Tahrir va nashrga tayyorlash narxi — 300 ming so'm.

Jurnal arxivi

Jurnal

So'nggi sonni ko'rish

Jurnalning so'nggi soni (2025-yil, 4-son) bilan to'g'ridan-to'g'ri shu sahifada tanishing. Sahifalarni varaqlash yoki to'liq ekran rejimidan foydalanishingiz mumkin.

PDF yuklanmoqda...
Bo'sh sahifa
Bo'sh sahifa
0 / 0

Rahbariyat

Jurnalning tahrir hay'ati va jamoatchilik kengashi tarkibi. Quyida jurnal rahbariyati hamda tahrir hay'ati a'zolari keltirilgan.

Nodirbek Sayfullayev
Bosh muharrir

Nodirbek Sayfullayev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori

Baxtiyor Yakubov
Bosh muharrir o'rinbosari

Baxtiyor Yakubov

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Lazizaxon Axmataliyeva
Mas'ul kotib

Lazizaxon Axmataliyeva

Jurnalning mas'ul kotibi

Abdug'ani Mamasodiqov
Sahifalovchi dizayner

Abdug'ani Mamasodiqov

Jurnal sahifalovchi dizayneri

Tahrir hay'ati a'zolari